“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

2025-yilga borib Qozog‘istonning mudofaa xarajatlari 1,3 milliard dollargacha oshadi

Qozog‘istonda mudofaa xarajatlari 2025-yilga borib 1,4 milliard dollarga yoki yalpi ichki mahsulotning 0,68 foiziga ko‘tariladi, deya xabar beradi Qozog‘iston Moliya vazirligi.Ammo Qozog‘iston parlamenti deputati Bapi bu mablag‘ armiyaning jangovar tayyorgarligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolarga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli ekanligiga shubha bildirdi. 3 yillik byudjet loyihasi taqdimotida u Mudofaa vazirligi byudjetini yalpi ichki mahsulotning 1 foizigacha oshirishni talab qildi. Bapi o‘z pozitsiyasini mintaqada ortib borayotgan geosiyosiy xavflar bilan izohladi. Deputatning qayd etishicha, ayrim ekspertlar 2030-yilgacha global mojaro yuzaga kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Mudofaa xarajatlarimizni Ukrainadagi hozirgi voqealar bilan solishtirsak, ajratilgan mablag'lar yetarli emasligini aytishimiz mumkin. 2025 yilda mudofaaga YaIMning atigi 0,4 foizi ajratiladi. Bu hisob-kitoblar nimaga asoslangan? - dedi Bapi (Kursiv)