Ishtirok etishning afzalliklari
Securex Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasida qatnashish nima uchun muhim?
10–12 noyabr, “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent
2026-yilda dunyoning 25 mamlakatidan 6000 dan ortiq mutaxassis – ishlab chiqaruvchilar, integratorlar, pudratchilar, xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish bo‘yicha yechimlar yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar Securex Uzbekistan ko‘rgazmasida jamlanadi. Bu shunchaki soha tadbiri emas – bu shartnomalar tuziladigan, trendlar shakllanadigan, yangi bozorlar ochiladigan va imidj mustahkamlanadigan joydir.
Ishtirok etish afzalliklari:
- O'zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga kirish — faqat Toshkentda uchrashadigan noyob auditoriya bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot;
- Xarid qilishga tayyor maqsadli auditoriyaga mahsulotlaringizning afzalliklarini namoyish etish;
- Savdolar geografiyasi va hajmini kengaytirish — O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyo mintaqasida distribyutorlar, dilerlar va hamkorlar topish va kompaniyangizni shartnomalar bilan ta’minlash;
- Bir maydonda xavfsizlik va yong'indan himoya qilish bo‘yicha yechimlar va texnik qo’riqlash uskunalarini sotib olishdan manfaatdor yuzlab kompaniyalar bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar;
- Brend haqida xabardorlikni oshirish va ishonchli bozor ishtirokchisi sifatida obro'sini mustahkamlash;
- Mahsulotlaringizga bo'lgan talabni, raqobat muhitini baholash va maqsadli auditoriya vakillaridan qimmatli fikr-mulohazalarni olish.
Hozirgi bozor tendentsiyalari:
- Sanoat va shahar infratuzilmasining rivojlanishi: Sanoat ob’ektlari va shahar infratuzilmalarining rivojlanishi raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va kuzatish, tahlil qilish, ogohlantirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishning avtomatlashtirilgan tizimlariga o‘tishga olib kelmoqda;
- Xavfsizlik tizimlari va muhim infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish: Xavfsizlik tizimlari va muhim infratuzilma ob’ektlarini zamonaviy qo‘riqlash uskunalari bilan qayta jihozlash davlatning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda;
- Raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlik: Elektron tijorat, elektron hujjat aylanishi va onlayn savdoning jadal rivojlanishi xavfsizlik standartlarini mustahkamlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberhujumlardan samarali himoya choralarini ko‘rishni talab etadi, shu bois mamlakatda raqamli texnologiyalar faol joriy etilmoqda.
Securex Uzbekistan 2025 raqamlari:
- 36 mamlakatdan 7871 nafar tashrif buyuruvchi - soha mutaxassislari
- tashrif buyuruvchilarning 55 foizi – ko'rgazmada shartnomalar va bitimlar imzoladi
- Ko'rgazma maydonining 70 foizi 2026-yil uchun qayta band qilindi
- Tashrif buyuruvchilarning 77% ko‘rgazmani biznes uchun muhim deb hisoblaydi
- Ko'rgazma ishtirokchilarining 77 foizi Securex Uzbekistan 2025 ko'rgazmasidagi ishtirokini ijobiy baholadi
- Tashrif buyuruvchilarning 40 foizi biznes egalari va rahbarlik lavozimlarini egallaydi.
- Ko'rgazma ishtirokchilarining 80 foizi hamkasblari va hamkorlariga ko'rgazmada ishtirok etishni tavsiya qiladi.
Securex Uzbekistan 2026 — Markaziy Osiyoda jadal rivojlanayotgan xavfsizlik bozorida muvaffaqiyatga erishish, yangi imkoniyatlar yaratish va kelgusi yillarga mo‘ljallangan shartnomalar imzolash uchun eng yaxshi maydon.
📅 Stendingizni bugunoq bron qiling — joylar soni cheklangan!