“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

Oʻzbekiston va Ozarbayjon harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari ikki tomonlama harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va 2027 yilga mo‘ljallangan qo‘shma ish rejasini imzoladilar.

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedovning Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Hasanov bilan uchrashuvi o‘zbek delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik do‘stona va birodarlik munosabatlariga asoslanishini ta’kidladilar, shuningdek, uning O‘zbekiston va Ozarbayjon qurolli kuchlarini rivojlantirish va mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida qayd etdilar.

Muzokaralar chog‘ida vazirlar harbiy va harbiy-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mudofaa hamkorligiga oid boshqa masalalarni batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 2027 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

Manba