Yangiliklar
Hujjat Moskvada ikki mamlakat mudofaa vazirliklari rahbarlari tomonidan imzolandi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuhamedov xizmat safari doirasida Moskva shahrida Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar qator yo‘nalishlardagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida vazirlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida Toshkent shahrida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yil uchun Hamkorlik rejasi hamda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolangan edi.
Manba: