“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

Kibertahdidlar kuchaygan sharoitda O‘zbekistonda Kriptologiya va innovatsiyalar instituti tashkil etilmoqda.

Prezident Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi negizida Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Institutning asosiy vazifalari qatoriga kriptologiya, axborotni muhofaza qilish, axborot va kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlarni qayta ishlash, raqamli kriminalistika va raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kiradi.

Institut, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boradi, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda ushbu sohalarda me'yoriy-huquqiy hujjatlar, milliy standartlar va reglamentlarni ishlab chiqadi.

Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda institut cheklangan foydalanishdagi ma'lumotlarni kriptografik va texnik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqishi, ishlab chiqarishi, sotishi va sertifikatlashi mumkin.

Bundan tashqari, u davlat organlari va tashkilotlarining axborot resurslari va tizimlari, jumladan, muhim axborot infratuzilmasi ob'ektlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi bo'yicha ekspertizasini o'tkazadi, ularning himoyalanganlik darajasini baholaydi va cheklangan foydalanishdagi ma'lumotlar qayta ishlanadigan ob'ektlarni attestatsiyadan o'tkazadi.

Institut xodimlariga, shuningdek, jalb qilinadigan o'qituvchilar va mutaxassislarga Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari beriladi.

Dastlabki to'lov uy-joy qiymatining kamida 15% ni tashkil qilishi kerak. Kredit qonun hujjatlarida belgilangan foiz stavkasi bo'yicha 20 yil muddatga tijorat banklari mablag'lari hisobidan beriladi.

Institut huzurida byudjetdan tashqari Rivojlanish fondi ham tashkil etiladi. U sertifikatlash va boshqa xizmatlardan, ishlab chiqilgan texnik vositalarni sotishdan tushgan daromadlar, shuningdek, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Fond mablag'lari moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kutubxonani rivojlantirish, o'quv, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish hamda xodimlarni moddiy rag'batlantirishga yo'naltiriladi.

Manba