Yangiliklar
Mudofaa vazirligi reja bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi.
Fuqarolarni harbiy texnikaning harakatlanish joylarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga chaqirishdi.Bugun, 18-noyabr kuni, Sharqiy harbiy okrug hududida reja bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan fuqarolarga harbiy texnikaning yo‘llarda harakatlanishi vaqtida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tavsiya etiladi.
Mudofaa vazirligi barcha elektron nashrlar va blogerlarni ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikka chaqirdi.
Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarini o‘z ichiga oladi.