Yangiliklar
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari snayperlari Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lishdi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining xabar berishicha, 15 mamlakatdan ortiq 40 dan ziyod jamoa 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashdi. Musobaqalar vertolyot va qayiqdan o‘q otish, shuningdek, tunda nishonni urish kabi mashqlarni o‘z ichiga oldi.Manba