“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston snayperlari ikkinchi yil ketma-ket Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘ldi

3-dan 10-sentyabrgacha Janubiy Koreyaning Gvanchjou shahrida Janubiy Koreya armiyasining maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan III Xalqaro snayperlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda uchinchi bor O‘zbekiston Mudofaa vazirligining snayperlar yig‘ma jamoasi ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Shuningdek, musobaqalarda jami 8 davlatdan 28 ta snayperlar jamoasi, jumladan BAA (2), Vetnam (3), Mo‘g‘uliston (2), Turkiya (1), Kambodja (1), Qozog‘iston (1), Janubiy Koreya (15) ishtirok etdi. Misr va Turkiya jandarmeriyasi kuzatuvchi davlatlar bo‘ldi.

Musobaqa dasturi kunduz va tun davomida bajarilgan maxsus taktik mashqlardan iborat 20 bosqichni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitlarida turli masofalardagi nishonlarga zarba berib, to‘pponcha, avtomat va snayper qurolidan yuqori mahoratni namoyish etishlari kerak edi.

«Joriy musobaqalarning o‘ziga xos jihati shundaki, birorta ham maxsus otish mashqi o‘tgan yilgi topshiriqlarni takrorlamadi. Shu bilan birga, har bir mashqning shartlari va qoidalari uning bevosita boshlanishigacha ishtirokchilarga oshkor etilmadi. Bundan tashqari, musobaqalar davomida nishonlarning 40 foizini dronlar ko‘rinishidagi harakatlanuvchi va uchuvchi nishonlar tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, musobaqalarning asosiy xususiyati snayperlarning jangovar sharoitga yaqin vaziyatlarda xotirjamlik va o‘zini tuta bilish qobiliyatini saqlab qolishi, diqqatni jamlashi va chidamlilik ko‘rsatishi, shuningdek kuchli stress sharoitida kunduz va tungi vaqtda mashqlarni bajarish qobiliyatini sinovdan o‘tkazish bo‘lgani qayd etiladi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yig‘ma jamoasi 678,4 ball bilan xorijiy davlatlarning 13 ta snayperlar jamoasi orasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Vetnam (666,6 ball) va Turkiya (471,1 ball) egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda ushbu musobaqalarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni, 2025 yilda esa — birinchi o‘rinni egallagan edi.

Manba