Yangiliklar
O`zbekiston va Hindiston harbiy kuchlari Namanganda qo`shma mashg`ulotlarni boshladi
Joriy yilda mashg‘ulotlar “Gurumsaroy” poligonida bo‘lib o‘tmoqda va 25 aprelga qadar davom etadi. Ular har yili Hindiston va O‘zbekistonda navbatma-navbat o‘tkaziladi. Avvalgilari o‘tgan yilning aprel oyida Aundha shahridagi (Puna, Hindiston) “Foreign Training Node” o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan edi.
Joriy yilda Hindiston tomonidan mashg‘ulotlarda 60 ga yaqin harbiy xizmatchilar, jumladan, Mahar polki piyoda askarlari batalyonining 45 nafar askari va Hindiston havo kuchlarining 15 nafar vakili ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston tomonidan quruqlikdagi qoʻshinlar va havo kuchlaridan taxminan bir xil miqdordagi harbiy xizmatchilar qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlardan maqsad harbiy hamkorlikni rivojlantirish va yarim tog‘li hududlarda operatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma imkoniyatlarni oshirishdan iborat. Jismoniy tayyorgarlik, birgalikda rejalashtirish, taktik harakatlar va maxsus qurollardan foydalanishning asosiy ko`nikmalariga alohida e`tibor qaratiladi. Shuningdek, qo‘shma operatsiyalarni rejalashtirish va o‘tkazishda har ikki tomonning qo‘mondonlik-nazorat tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yagona algoritmini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Manba