“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston yengil sanoatga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etishni rejalashtirmoqda

To‘qimachilik eksporti 4 milliard dollarga, charm mahsulotlari esa 250 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Prezident 12 dekabr kuni to‘qimachilik va charm sanoati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yengil sanoatni rivojlantirish doirasida 2 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish, 82 ta yirik loyihani amalga oshirish, 25 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. To‘qimachilik eksporti 4 milliard dollarga, teri eksporti esa 250 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Jahon bozorida paxta tolasi narxi tushib borayotgan bir sharoitda tola va kalavani chuqur qayta ishlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda gazlama ishlab chiqarish va bo‘yash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Mas’ullarga ip-kalavani qayta ishlash darajasini 70 foizga yetkazish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, joriy yilda qo‘y va echki terisini eksport qilishda 10 foizlik to‘lovning bekor qilinishi eksport hajmini oshirish maqsadida 3 million dollarlik eksport shartnomalari tuzilishiga xizmat qildi.

Ko‘nchilik korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash chora-tadbirlari va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari ham tinglandi.

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 2,2 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga kamdir.