“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda ayrim texnik jihozlar soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

Soliq va Bojxona kodekslari yangi normalar bilan to‘ldirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ayrim kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Soliq kodeksiga tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini Oʻzbekiston hududiga olib kirishda soliqdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Qo'shimchaga ko'ra, ushbu texnik jihozlar aksiz solig'iga tortilmaydi, deyiladi xabarda.

Bojxona kodeksi yuqorida qayd etilgan texnik jihozlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilish tarzidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirildi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatni talab qiladigan boshqa idoralardan olib kelingan harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan ozod qilingan.