Yangiliklar
О‘zbekistonda o‘zbek-qirg‘iz kompyuter harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
O‘zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. Chirchiqdagi dalaviy o‘quv markazida qirg‘iz-o‘zbek kompyuter komandali shtab o‘quvlari boshlandi. Bu formatda tadbir birinchi marotaba o‘tkazilmoqda.Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari 6-13 oktabr kunlari o‘tkaziladi. Kecha ushbu tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tadqiqot dalaviy o‘quv markaziga Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari, boshqaruv strategik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i polkovnik Salamat Rayimbaev rahbarligida kelishdi.
Shuni ta'kidlash joizki, bunday formatda tadbir birinchi marta o‘tkazilmoqda. Uning ishtirokchilari nafaqat harbiy fan nazariyasi va amaliy bilim darajasini, balki eng yangi axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o‘zlashtirishdagi yutuqlarini ham namoyish etishadi.
Uchrashuvdan so‘ng, ikkala davlatning mudofaa idoralari vakillari o‘quv mashg‘ulotlari dasturini aniqlab, ishtirokchilarga ularning maqsadini yetkazdilar va ularga taktik vazifalar belgiladilar.