Yangiliklar
O‘zbekistonlik dzyudochilar harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. O‘zbekistonlik harbiy dzyudochilar Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida 5 oltin, 5 kumush va 3 bronza medal bilan birinchi o‘rinni egalladi.14—20-oktabr kunlari O‘zbekistonda Yunusobod sport majmuasida 30 davlatdan kelgan 400 nafardan ortiq dzyudochi o‘rtasida ilk bor musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Chempionatning ikki kuni yakunlariga ko‘ra, yakkalik dasturida 10 dan ortiq vazn toifasida medal sohiblari aniqlandi.
Oltinni Hikmatilloh To‘rayev (81 kilogrammgacha), Rustam Shorahmatov (-100 kg), Shohrux Baxtiyorov (+100 kg), Gulxayo Jo‘raeva (-52 kg) va Shahram Ahadov (-73 kg) qo‘lga kiritdi.
Kumush medalni Halima Qurbonova (-48 kg), Nigina Saparboeva (-63 kg), Abdurahim Nutfullaev (-66 kg), Muso Sobirov (-81 kg) va Irisxon Qurbonboeva (+78 kg) olishdi.
Laziza Haydarova (-48 kg), Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) va Baxrom Boturov (-60 kg) bronza medali sohibi bo‘ldi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz yakkalik bahslarida 5 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bugun jamoaviy dasturda medal sohiblari aniqlanadi.