Yangiliklar
Saida Mirziyoyeva YeXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YeXHT Bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘li bilan uchrashdi.
Uchrashuvda YeXHT rahbari o‘zining yaqinda mamlakatimizga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan muzokaralarini iliqlik bilan esladi. Shuningdek, tashkilot O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.
Tomonlar transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash masalalari, shuningdek, sud-huquq islohotlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Manba