Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Pokiston mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashdi.
Tomonlar harbiy va harbiy-texnik sohalarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.Mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini kengaytirish va tajriba almashinuvini kuchaytirishga kelishib oldilar.
Transport-logistika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi.
Manba