Yangiliklar
Yagona havo mudofaasi tizimi va idoralar byudjeti. MDH davlatlari bosh vazirlari nima haqida kelishib oldilar?
Rossiya Federatsiyasi poytaxtida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin raisligida MDH davlatlari hukumat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Ishtirokchi mamlakatlar vakillari 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashib, kelgusi 2025-yil uchun o‘z takliflarini bildirishdi.
Tadbir yakunida 18 ta hujjat imzolandi, jumladan:
- 2025-yilda MDHning yagona havo mudofaa tizimini yaratish va rivojlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risida
- MDH davlatlarining jazoni ijro etish tizimi uchun kadrlarni birgalikda tayyorlash to'g'risidagi bitim
- MDH organlarining 2025 yilga mo‘ljallangan yagona byudjeti to‘g‘risida
- Transport sohasini birgalikda raqamlashtirish bo'yicha memorandum
- Fuqarolik kemasozlikni rivojlantirish bo'yicha shartnoma
- MDH davlatlarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor tadbirlar rejasi qabul qilindi.
- MDHga aʼzo davlatlar oʻrtasida 2030-yilgacha boʻlgan davrda yer osti suvlarini oʻrganish, ulardan foydalanish, muhofaza qilish va monitoringi sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi.