“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2026 ” 17-Xalqaro ko’rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

TransLogistica Uzbekistan 2026 va Securex Uzbekistan 2026: transport logistikasi va xavfsizlik sohasi sinergiyasi

TransLogistica Uzbekistan 2026

«Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2026» 22-xalqaro ko‘rgazmasi hamda «Umumiy xavfsizlik tizimlari – Securex Uzbekistan 2026» 17-xalqaro ko‘rgazmasi 10–12-noyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

TransLogistica Uzbekistan va Securex Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalarining birgalikda o‘tkazilishi zamonaviy iqtisodiyot rivojining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ikki muhim yo‘nalishi — transport-logistika infratuzilmasi va umumiy xavfsizlikni o‘zida birlashtirgan noyob professional platformani yaratadi. Savdo aloqalarining globallashuvi, yuk oqimlarining ortib borishi hamda iqtisodiy jarayonlarning jadal raqamlashtirilishi sharoitida ishonchli logistika transport tizimlari, ombor majmualari, ishlab chiqarish obyektlari va axborot resurslari xavfsizligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ko‘rgazmalarda transport-logistika sohasi va xavfsizlik sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy yechimlar namoyish etilib, ishlab chiqaruvchilar, uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar hamda tegishli soha mutaxassislarini bir maydonda birlashtiradi.

TransLogistica Uzbekistan va Securex Uzbekistan qo‘shma ekspozitsiyasida quyidagi 16 ta mamlakatdan 120 ta kompaniya va brend ishtirok etadi: BAA, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Estoniya, Germaniya, Gruziya, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandiya, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy va O‘zbekiston.

Tashkilotchilar — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

TransLogistica Uzbekistan ko‘rgazmasi har yili transport, logistika va ekspeditorlik kompaniyalari vakillari, infratuzilma operatorlari, davlat tashkilotlari hamda xalqaro biznes doiralari vakillarini bir maydonda jamlaydi.

Ko‘rgazmaning bosh homiysi — yuklarni havo transporti va avtomobil orqali tashish, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini taklif etuvchi O‘zbekistonning Fly Khiva kompaniyasi.

Milliy ekspozitsiyalar an’anaviy tarzda Belarus Respublikasi va Latviya tomonidan taqdim etiladi. Bu yil ko‘rgazmada ilk bor Estoniya va Gruziyaning milliy stendlari ham ishtirok etadi.

Estoniya milliy stendi dengiz portlari (Tallinn porti, Sillamäe porti), temir yo‘l operatorlari (Estoniya temir yo‘llari, Operail), shuningdek, mamlakatning qator transport-logistika kompaniyalarini birlashtiradi.

Gruziya milliy stendi mamlakatni Markaziy Osiyoga olib boruvchi yo‘nalishdagi tranzit xab sifatida namoyish etadi. Ekspozitsiyada Tbilisi quruq porti (Abu Dhabi Ports Group) va Wilhelmsen Port Services Georgia kompaniyalarining port va terminal xizmatlari, KairosLogistics, Alog Georgia va «Ю-Эл-Си Терминал» kompaniyalarining ekspeditorlik hamda bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari, Danigi kompaniyasining avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari, shuningdek, SavvY kompaniyasining yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha konsalting xizmatlari taqdim etiladi.

TransLogistica Uzbekistan ekspozitsiyasi transport-logistika sohasining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi:

Xalqaro ekspeditorlik va multimodal yuk tashish xizmatlari, jumladan, Xitoy, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar System8 va CIS Global Logistics (BAA), TransAsia Transport va Yiwu Suyi (Xitoy), Unico Logistics (Koreya Respublikasi), «Dunyo» (Tojikiston), Napram va Sino Railway (O‘zbekiston) kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Temir yo‘l orqali yuk tashish va harakatlanuvchi tarkibga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida Latviya temir yo‘llari, «Альфа Спедишн» (Belarus Respublikasi), «Temiryo‘lkargo» (O‘zbekiston) va МТЗ Трансмаш (Rossiya) kompaniyalari o‘z xizmatlarini namoyish etadi.

Loyiha va nostandart o‘lchamli yuklarning logistikasi RM Logistics (Qozog‘iston) va Miss Project (Turkiya) kompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Ombor va terminal infratuzilmasi, dengiz portlari hamda aeroportlar yo‘nalishida Ventspils erkin porti, Riga aeroporti, Uzbekistan Airports hamda yiliga 450 ming TEU quvvatiga ega Silkway CA logistika markazi o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

Logistika jarayonlarini raqamlashtirish va tashqi savdo operatsiyalari yo‘nalishida Flexobo va ATI.SU platformalari (O‘zbekiston), SIGIS (Latviya) yuk tashishlarni boshqarish tizimi hamda «Технологии Онекс» (Rossiya) to‘lov va tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) agentligi o‘z yechimlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, DAF Trucks (Niderlandiya) kompaniyasi yuk avtotransporti va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z yechimlarini taqdim etadi.

Securex Uzbekistan ko‘rgazmasi ko‘p yillardan buyon professional muloqot, innovatsion ishlanmalarni namoyish etish va ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Ko‘rgazma mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, texnologiyalarni ishlab chiquvchilar, ixtisoslashtirilgan uskunalar yetkazib beruvchilar, kompleks xavfsizlik sohasi ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirib, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda professional tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Ekspozitsiyada texnik xavfsizlik tizimlari, yong‘indan himoyalanish, kiberxavfsizlik hamda muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilish sohalaridagi zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi.

Texnik xavfsizlik tizimlari segmentida videokuzatuv, kirishni nazorat qilish va boshqarish, shuningdek, qo‘riqlash signalizatsiyasi bo‘yicha yechimlar namoyish etiladi: Akuvox (Xitoy) — IP-videodomofon tizimlari va «aqlli uy» yechimlari; Bisen Smart Access (Xitoy) — kirishni nazorat qilish tizimlari, shlagbaumlar va avtoturargoh tizimlari; ИПРо (Rossiya) — GSM va Wi-Fi signalizatsiya tizimlari; Vinlad (O‘zbekiston) — kompleks xavfsizlik tizimlarini loyihalash va joriy etish xizmatlarini taqdim etadi.

Yong‘in avtomatikasi va yong‘inni o‘chirish uskunalari «Гефест» (Rossiya) kompaniyasi tomonidan, yong‘inga qarshi klapanlar esa «Цветлит» (Belarus) tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, Xitoyning Jiangxi Dingfeng va Jiujiang Zhengxin kompaniyalari yong‘in-qutqaruv uskunalari hamda himoya kiyim-boshlarini namoyish etadi.

Kriminalistika va maxsus texnologiyalar alohida yo‘nalishni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda Foster + Freeman (Buyuk Britaniya) kompaniyasining hujjatlar, barmoq izlari va turli izlarni ekspertiza qilish uskunalari, «Регула» (Belarus) kompaniyasining hujjatlar va banknotlarning haqiqiyligini tekshirishga mo‘ljallangan yechimlari, shuningdek, Rohde & Schwarz (Germaniya) kompaniyasining himoyalangan aloqa tizimlari namoyish etiladi.

TransLogistica Uzbekistan ko‘rgazmasining debyutantlari qatoridan Xitoy, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida temir yo‘l hamda multimodal yuk tashish xizmatlariga ixtisoslashgan Sino Railway, Alfa Rail Export, UAB Blunitrans kompaniyalari, loyiha logistikasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi RM Logistics va Miss Project, shuningdek, terminal infratuzilmasi sohasidagi Universal Logistics Services va Silkway CA kompaniyalari o‘rin olgan. Sohaga oid raqamli yechimlar esa Flexobo platformasi hamda «Технологии Онекс» to‘lov va tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) agentligi tomonidan taqdim etiladi.

Securex Uzbekistan ko‘rgazmasining debyutantlari qatoridan Akuvox, Foster + Freeman Ltd., Jiangxi Dingfeng Equipment Technology Co., Ltd., Цветлит, Unitar Korxona va Jiujiang Zhengxin Fire Fighting Equipment Co., Ltd. kompaniyalari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmalarda taqdim etiladigan innovatsion yechimlar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or ishlanmalar soha mutaxassislariga tarmoqlardagi dolzarb tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, amaliy tajriba almashish, operatsion samaradorlikni oshirish va biznes jarayonlari xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali vositalarni topish, shuningdek, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Rasmiy qo‘llab-quvvatlash:
Rasmiy qo`llab-quvvatlash
Tashkiliy ko‘mak:
Tashkiliy ko`mak
TransLogistica Uzbekistan ko‘rgazmasining bosh homiysi:
TransLogistica Uzbekistan ko`rgazmasining bosh homiysi
Rasmiy aviatashuvchi:
Rasmiy aviatashuvchi
Hamkor:
Hamkor
Rasmiy transport-logistika hamkori:
Rasmiy transport-logistika hamkori
Texnik hamkor:
Texnik hamkor
Bosh informatsion hamkor:
Bosh informatsion hamkor
Informatsion qo‘llab-quvvatlash:
Informatsion qo`llab-quvvatlash

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz
Tel: + (998 71) 205 18 18 E-mail: pr@iteca.uz www.trans.uz www.securex.uz

Axborot ko`magi