Press-relizlar
Bir maydonda sanoatlarning sinergiyasi - sanoat rivojlanishining samarali harakatga soluvchi kuchidir

Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia kuzgi ko'rgazma mavsumini 2-4-noyabr kunlari Toshkentdagi "O'zekspomarkaz" MKKda bo'lib o'tadigan bir qator xalqaro ko'rgazmalar bilan yakunlamoqda va quyidagi ko'rgazmalarni bir maydonda birlashtiradi:
-
16-xalqaro "Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi
-
18-xalqaro "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi
-
13-Markaziy Osiyo xalqaro "Xavfsizlik va mudofaa. Qo'riqlash va yong'inga qarshi himoya uskunalari va tizimlari. Qutqaruv uskunalari va shaxsiy himoya texnologiyalari – Securex Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi
Ozarbayjon, Avstraliya, Avstriya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Eron, Irlandiya, Qozog'iston, Kanada, Qirg'iziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, BAA, Polsha, Rossiya, AQSh, O'zbekiston, Shveytsariya kabi dunyoning 24 mamlakatidan 176 kompaniyani bir maydonda jamlagan bo'lajak ko'rgazmalarga katta qiziqish mavjudligini ta'kidlash joiz.
MiningMetals Uzbekistan 2022 – Tog'-kon sanoati flagmani
Ekspozisiyaning flagmani - 16-xalqaro "Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan" ko'rgazmasi, mamlakatning ixtisoslashgan tadbiri bo'lib, tog'-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati uchun texnologiyalar va xizmatlarning butun majmuasi namoyishi hisoblanadi.
Joriy yilda MiningMetals Uzbekistan ko'rgazmasida tog'-kon korxonalari, kon boyitish kombinatlari mutaxassislari, O'zbekistonning turli mintaqalaridan ham, chet eldan ham ekspertlar foydali qazilmalarni qazib olish, boyitish, transportlarda tashish uchun uskunalar, texnika ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari shaxsiy aloqalarni o'rnatish, sohaning asosiy masalalarini muhokama qilish va bitimlar tuzish uchun uchrashadilar.
Quvonarlisi shuki, 2021-yilga nisbatan ko'rgazma ishtirokchilari soni 35 foizga oshgan. Ko'rgazmada 24 ta eksponent, ya'ni umumiy ishtirokchilar sonining 22 foizi, ko'rgazmada birinchi marta ishtirok etmoqda. Bularning barchasi asbob-uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalarda ko'rgazmaga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi, salohiyatli investor va hamkorlarning e'tiborini tortadi.
Tog'-kon sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, davlat tomonidan ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviylashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovasion faoliyatni rivojlantirish orqali sanoatni rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda, bu esa sanoat salohiyatini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston an'anaviy ravishda oltin, uran, gaz qazib olish bo'yicha dunyoning yetakchi 10 mamlakatlar qatoriga kiradi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yil noyabr oyida O'zbekiston oltin sotish bo'yicha jahon yetakchisiga aylangan.
Olmaliq KMK va Navoiy KMK - O'zbekistonning eng yirik tog'-kon korxonalari va g'ururi bo'lib, ilk marotaba ko'rgazma eksponentlari maqomida ishtirok etadilar, ko'rgazmada ishlab chiqarish quvvatlarini to'liq namoyish etib, yer osti boyliklarini geologiya qidiruvidan, qayta ishlashdan tayyor mahsulot olishgacha bo'lgan to'liq ishlab chiqarish tsikli haqida hikoya qiladilar.
Mahalliy debyutantlar orasida metall prokatining yetakchi ishlab chiqaruvchisi – "O'zmetkombinat" AJni ham alohida ta'kidlash mumkin.
Xorijiy ishtirok
Xorijiy ishtirok quyidagi kompaniyalarni o'z ichiga olgan Germaniya milliy paviloni tomonidan taqdim etiladi:
-
Haver Niagara
-
Open Mind Technologies
-
MKS Anlasser- und Elektrotechnik
-
Höft
-
Aumund Fördertechnik
-
Schade Lagertechnik
-
CFT Compact Filter Technic
-
Takraf Delkor
Kompaniyalar "Made in Germany" brendi ostida yuqori darajadagi Yevropa uskunalarining keng assortimentini taqdim etadilar: raqamli dasturiy boshqariladigan dastgohlar, konveyer tizimlari, g'alvir-mashinalar, yuk ko'tarish kranlari, kon qazish uskunalari, chang yig'ish va shamollatish sohasidagi tizim yechimlari, sochiluvchan materiallar uchun boyitish uskunalari va boshqa innovatsion texnik yechimlar.
Bu yil birinchi marta po'lat, mis, sement, alyuminiy, shisha, neft va neft-kimyo kabi turli sohalarda ishlaydigan Eronlik kompaniyalar guruhi namoyish etiladi.
Shuningdek, an'anaviy ravishda ko'rgazmada Rossiya Federatsiyasining "sanoat" mintaqalari - Kemerovo, Novosibirsk, Lipesk, Orenburg oblastlari ishtirok etmoqda.
Biznes dasturi: UIMF 2022
Ko'rgazmaning biznes dasturi doirasida 4-xalqaro O'zbekiston kon-metallurgiya forumi – UIMF 2022 davlat idoralari, vazirliklar va asosiy mahalliy operatorlar vakillari ishtirokida bo'lib o'tadi.
Bu yilgi mavzu:
"Geologiya va kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari"
Forum doirasida quyidagilar muhokama qilinadi:
-
Geologiya va kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
-
Yangi konlarni qidirish va rivojlantirish istiqbollari
-
Kon-metallurgiya sanoatida ESG chaqiruvlari
-
Sohaning raqamli rivojlanishi
-
va boshqalar
O'tkazilish sanasi va joyi:
2-3-noyabr kunlari, Kongress zali, "O'zekspomarkaz" MKK
Shuningdek, ko'rgazmaning biznes dasturida - "Kabelniy Alyans" kompaniyasining ko'rgazmaning ikkinchi kunida "Tog'-kon sanoati uchun kabel va sim mahsulotlari" mavzusida o'tkazilishi rejalashtirilgan seminari mavjud.
TransLogistica Uzbekistan 2022 – Transport sanoati uchun asosiy platforma
18-xalqaro "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi ekspozitsiyasi ham qiziqarli bo'lishi kutilmoqda, u yana bir bor transport sanoatining yetakchi kompaniyalarini bir maydonda jamlaydi.
"TransLogistica" ko'rgazmasi O'zbekistonda "transport va logistika" mavzusidagi yagona xalqaro ko'rgazma bo'lib, sohaning so'nggi yutuqlari va takliflarini namoyish etish imkoniyatini beradi.
O'zgaruvchan geosiyosiy vaziyatda, an'anaviy yo'nalishlarning o'zgarishi va yangi transport yo'laklarini izlash faollashgan bir paytda ko'rgazma bu yil katta qiziqish uyg'otdi.
Shu bilan, bu yil ko'rgazmada eng so'nggi yangiliklar va trendlarni aytib berishga va baham ko'rishga tayyor 11 mamlakatdan 50 nafar kompaniya ishtirok etmoqda. Har yili ko'rgazma ishtirokchilari soni ortib bormoqda, bu sohaga qiziqishni tasdiqlaydi.
Asosiy ishtirokchilar
Birinchi marotaba O'zbekiston transport sohasining asosiy flagmanlari bir ko'rgazmada ishtirok etadilar:
-
Uzbekistan Airways
-
Uzbekistan Airports
-
O'zbekiston Temir Yo'llari
Bunday yirik kompaniyalarning ishtiroki va to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borish imkoniyati, shubhasiz, mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg'otadi. Ular, shuningdek, mahalliy kompaniyalar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda, ular orasida My Freighter – mahalliy yuk aviakompaniyasi; Bravis Alliance, vakolatxona - temir yo'l transportida yuk tashishlarning yetakchisi.
Ishtirokchilar geografiyasi
Evropalik ishtirokchi kompaniyalar orasida:
-
Asstra - Associated Traffic AG (Shveytsariya) – bosh ofisi Syurixda joylashgan xalqaro transport va logistika xoldingi
-
Bunasta, UAB (Litva) - bojxona brokeri
-
Schenker, AJ (Germaniya) - xalqaro logistika xizmatlarini ko'rsatuvchi provayder
-
Kreiss (Latviya) – Latviya logistika xizmatlari bozorida yetakchi
MDH mamlakatlaridan:
-
ADY CONTAINER (Ozarbayjon) - intermodal xizmatlar bo'yicha yetakchi
-
CARAVAN Logistics (Qirg'iziston) - transport-ekspeditorlik kompaniyasi
-
Dalnevostochnoe Morskoe Paroxodstvo, YOAJ (Rossiya) - Rossiyaning eng yirik kemada yuk tashish kompaniyalaridan biri
-
Evrotrans Grupp (Qozog'iston) - vagonlar, Fitting platformalari, konteynerlar, lokomotivlar va boshqa jihozlar, butlovchi qismlar egasi va operatori
-
Transkonteyner (Rossiya) - Rossiya intermodal konteyner operatori
-
SARA Logistics, MCHJ (Ozarbayjon) - yuklarni temir yo'l orqali tashishni amalga oshiradi, shuningdek Kaspiy dengizi bo'ylab yuklarni xavfsiz tashishni ta'minlaydi
Osiyodan:
-
LDK INTERNATIONAL LOGISTIC GROUP (Xitoy) – transport-ekspeditorlik kompaniyasi
Latviya Milliy stendi quyidagi kompaniyalarni namoyish etadi:
-
Ventspils erkin porti
-
Latviya temir yo'li
-
Riga erkin porti
-
Quinto Logistics
Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari orasida:
-
Ardena (Latviya/O'zbekiston)
-
APS (Belarus Respublikasi)
-
MTZ (Rossiya)
-
PTC Holding (Qozog'iston)
"TransLogistica Uzbekistan" xalqaro ko'rgazmasi yana bir bor transport sohasining temir yo'l, dengiz, aviatsiya, tijorat transporti va transport-logistika xizmatlari kabi sohalarini birlashtirgan samarali maydonga aylanadi. Ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi davlat transport tuzilmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar uchun noyob imkoniyat yaratadi, shuningdek, transport texnologiyalarining eng yangi ishlanmalarini namoyish etadi, istiqbolli davlat infratuzilma loyihalari va transport yo'laklari bilan tanishtiradi, mahsulot sotishning yangi kanallarini topishga yordam beradi, shuningdek, temir yo'llar, dengiz portlari, logistika markazlari, harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqarish sohasida tajriba almashadi.
Securex Uzbekistan 2022 – Xavfsizlik va himoya texnologiyalari
13-Markaziy Osiyo xalqaro "Xavfsizlik va mudofaa. Qo'riqlash va yong'inga qarshi himoya uskunalari va tizimlari. Qutqaruv uskunalari va shaxsiy himoya texnologiyalari – Securex Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi mutaxassislarda katta qiziqish uyg'otmoqda.
"Securex Uzbekistan 2022" ko'rgazmasi qo'riqlash, xavfsizlik, yong'inga qarshi kurash va tegishli sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun uchrashuv joyidir. Ko'rgazmada namoyish etilgan asbob-uskunalar va xavfsizlik texnologiyalaridan aholini tabiiy ofatlar, ehtimol texnogen hodisalar va falokatlardan, shuningdek, terroristik hujumlardan himoya qilishning samarali tizimini yaratish uchun foydalanish mumkin, bu davlatning barqarorligi va insonlarning xavfsizligi va istiqbollariga bo'lgan ishonchi uchun katta ahamiyatga ega.
Bu yil oltita mamlakatdan 16 ta kompaniya o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Ishtirokchilar
Doimiy ishtirokchilar orasida:
-
HIKVISION (O'zbekiston/Xitoy)
-
Kathod (Rossiya)
-
Radmetron (Belarus Respublikasi)
-
Regula (Belarus Respublikasi)
Bu yilgi debyutantlar:
-
Proxima (Rossiya)
-
"Pozhtexnika" kompaniyalar guruhi (Rossiya)
-
FlameStop (Rossiya)
-
FSPK "Amaliy kimyo ilmiy-tadqiqot instituti" (Rossiya)
-
"KZ yong'in xavfsizligi markazi" (Qozog'iston)
-
ALU PRO INVEST (Belarus Respublikasi, Rossiya, O'zbekiston)
-
Ekom.UZ (O'zbekiston)
Ekspozisiya
Ko'rgazmada har bir mutaxassis quyidagilar bilan tanishishi mumkin:
-
Kuch tuzilmalari uchun eng yangi ikki tomonlama mahsulotlar
-
Tungi ko'rish moslamalari
-
Qo'riqlash va yong'in uskunalari
-
Radiatsion nazorat uskunalari
-
Hujjatlar, pul belgilari va qimmatli qog'ozlarning haqiqiyligini tekshirish uchun ekspert mahsulotlar
-
Video kuzatuv tizimlari
-
Perimetrni qo'riqlash uskunalari, SKUD
Ko'rgazmaning yorqin premyeralaridan biri - "KZ yong'in xavfsizligi markazi" tomonidan kompozit materiallardan tayyorlangan, eng yangi yong'in texnikasi bilan jihozlangan va xizmat muddati 10 yil va undan ortiq bo'lgan yong'in mashinasini namoyish etish bo'ladi.
Xulosa
Bir nechta sanoat ko'rgazmalari va biznes tadbirlarining sinergiyasi kompaniyalarga o'z mahsulotlarini nafaqat tashrif buyuruvchilarga taqdim etish, balki eksponentlar o'rtasida aloqalarni o'rnatish, tajriba almashish va bozor va sanoat yangiliklaridan xabardor bo'lish imkonini beradi.
Uchta ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar tomonidan allaqachon jonli qiziqish kuzatilmoqda, ular yangi ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish va bozor yangiliklarini o'rganish uchun kompaniyalar vakillari bilan uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdalar. Buni ko'rgazmalar boshlanishidan 6 kun oldin 2500 kishi ro'yxatdan o'tgani tasdiqlaydi.
Onlayn ro'yxatdan o'tish ushbu havola orqali davom etmoqda:
👉 https://itecaexhibitions.taplink.ws/
Rasmiy qo'llab-quvvatlash
-
O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
-
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
-
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
-
O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
-
O'zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi
-
O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi
-
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy yordam:
"O'zekspomarkaz" MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)
![]() |
![]() |
Tashkilotchilar
Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun, Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
📞 Telefon: (998 71) 205 18 18
📠 Faks: (998 71) 237 22 72
📧 Elektron pochta: pr@iteca.uz
🌐 Saytlar: www.mining.uz, www.trans.uz, www.securex.uz