“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2025 ” 16 Xalqaro ko’rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

SECUREX UZBEKISTAN 2023 – INTEGRATSIYALASHTIRILGAN XAVFSIZLIK TEXNOLOGIYALARI

photo_2021-10-27_15-10-06.jpg

SECUREX UZBEKISTAN 2023
– INTEGRATSIYALASHTIRILGAN XAVFSIZLIK TEXNOLOGIYALARI

Securex Uzbekistan 2023 — bu himoya va xavfsizlik, yong‘inga qarshi uskunalar va tizimlar, sanoat xavfsizligi texnologiyalari, IT yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha 14-xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, o‘z ekspozitsiyasini 2023-yil 6–8-sentabr kunlari "Uzexpocentre" MVKda namoyish etadi.

Tashkilotchilar: xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi va sanoat hamda turar joy majmualarining keng ko‘lamli qurilishi fuqarolar xavfsizligini, obyektlarni himoya qilishni, ularning yong‘in, ekologik, sanoat va axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu esa Securex Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasida har yili taqdim etiladigan eng yangi uskuna va texnologiyalarni yaratish uchun asos bo‘ladi.

Securex Uzbekistan — bu xavfsizlik uskunalari ishlab chiqaruvchilari, montaj va loyihalash tashkilotlari, ularning mijozlari, davlat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va tegishli biznes hamjamiyatlarining uchrashuv joyidir.

Ilgari bu ko‘rgazma boshqa sanoat ko‘rgazmalari bilan bir vaqtda o‘tkazilgan bo‘lsa, joriy yilda Securex Uzbekistan mustaqil loyiha sifatida o‘tkaziladi. Bu esa soha mutaxassislariga xavfsizlik texnologiyalari va yechimlariga to‘liq e’tibor qaratish imkonini beradi.

Securex Uzbekistan 2023 — bu mutaxassislar va iste’molchilar e’tiboriga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yechimlarni taqdim etadigan nufuzli biznes maydonchasidir:

  • Shaxsiy xavfsizlik
  • Obyektlar va ofislar xavfsizligi
  • Biznes xavfsizligi

Taqdim etiladigan texnologiyalar orasida: "aqlli uy" texnologiyalari, sanoat avtomatlashtirish, video kuzatuv tizimlari, nurlanishni nazorat qilish uskunalari, hujjatlar, banknotalar va qimmatli qog‘ozlarni tekshirish uskunalari, maxsus kiyimlar, harbiy forma va ish kiyimlari, tarmoq va telekommunikatsiya uskunalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar uchun IT yechimlar, nafas olish organlarini himoya qiluvchi vositalar va boshqalar mavjud.

Bu yilda Belarus, Germaniya, Isroil, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston va Finlyandiyadan ko‘plab kompaniyalar ishtirok etishini tasdiqlagan.

Doimiy ishtirokchilardan tashqari, quyidagi kompaniyalar ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etadi: BriefCam Ltd. (Isroil), Shtar System (O‘zbekiston), Toshiba (Germaniya), Pribori Oy (Finlyandiya), KDSS - Kazdream Special Systems (Qozog‘iston), Feskgroup (Qozog‘iston), Drägerwerk AG & Co.KGaA (Germaniya), Promex FP (O‘zbekiston), Service Technostructure (O‘zbekiston/Rossiya).

Mutaxassislar e’tiborigaelektr jihozlari, video kuzatuv va hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish tizimlari bo‘limida Hikvision, BriefCam Ltd, Regula, Toshiba va Ekom.Uz kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Shaxsiy himoya vositalari va maxsus forma bo‘limi an’anaviy tarzda qiziqish uyg‘otadi, unda Energokontrakt, Feskgroup va Drägerwerk AG & Co.KGaA markaziy o‘rinni egallaydi.

Tekshiruv uskunalari va nazorat tizimlari bo‘limida Promex FP, New Solution Service MChJ (Proto), KDSS - Kazdream Special Systems, Shtar System kompaniyalari eng so‘nggi uskunalar va texnologiyalarni taqdim etadi.

O‘lchov va nazorat uskunalari bo‘limida esa sizni Radmetron, Pribori Oy va Service Technostructure MChJ kompaniyalari kutmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi tashkilotlarning ko‘magida o‘tkaziladi:

  • O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Tashkiliy ko‘mak: “Uzexpocentre” MCHJ

Hamkor:

Tadbir tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:

Tel.: (998 71) 205 18 18

Email: pr@iteca.uz
Veb-sayt: www.securex.uz