“Umumiy xavfsizlik tizimlari - Securex Uzbekistan 2025 ” 16 Xalqaro ko’rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

TransLogistica Uzbekistan i Securex Uzbekistan yangi trendlarni taqdim etadi.

20-22 noyabr kunlari Iteca Exhibitions o‘zining ko‘rgazmalar mavsumini 16-Xalqaro ko‘rgazma “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2019” va 11-Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazma “Qo‘riqlash, xavfsizlik va yong‘inga qarshi himoya – Securex Uzbekistan 2019” bilan yakunlaydi.

Ko‘rgazmalar Atrium zali, Kongress Xoll va MKM “O‘zekspomarkaz”ning ochiq maydonini egallaydi.

Birlashgan ekspozitsiya doirasida 12 mamlakatdan 100ga yaqin kompaniya – Ozarbayjon, Germaniya, Xitoy, Latviya, Litva, Belarus Respublikasi, Koreya Respublikasi, BAA, Polsha, Rossiya, Turkiya va O‘zbekiston – o‘z xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarini mutaxassislarga taqdim etadi.

TransLogistica Uzbekistan – transport-logistika xizmatlari va texnologiyalarining O‘zbekistondagi eng yirik ko‘rgazmasi hisoblanadi. 2019 yilgi ko‘rgazma 16-marotaba o‘tkazilmoqda va u davlat organlari rahbarlari hamda biznes vakillari o‘rtasida fikr almashish, trendlar, muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish uchun asosiy maydon sifatidagi maqomini tasdiqladi.

Ishtirokchilar orasida temir yo‘llar va aviakompaniyalar ma’muriyatlari, logistika kompaniyalari, avtotexnika ishlab chiqaruvchilari va dilerlari, vagon qurish va ta’mirlash zavodlari, logistika markazlari uchun uskunalar yetkazib beruvchilar, yuklarni qayta ishlovchi va ombor kompaniyalari, shuningdek, konsalting kompaniyalari bor.

Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga ekspeditorlik kompaniyalari va o‘z yuk transportiga, konteynerlarga, vagonlarga, dengiz va havo transportiga, terminallar va bandargoh infratuzilmasiga ega kompaniyalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish orqali yuk tashishni optimallashtirish, hamkorlar topish va foydali shartlar asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Debyutantlar: Uzbekistan Airways (O‘zbekiston) – davlat aviakompaniyasi; Primum (Belarus Respublikasi) – MDHdagi yetakchi transport kompaniyasi; Hytrans (Xitoy) – temir yo‘l va multimodal tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi ekspeditorlik kompaniyasi.

Flydubai (BAA) aviakompaniyasi ko‘rgazmada yuk tashish xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya bu yil mart oyida O‘zbekiston bozoriga kirgan. Flydubai Cargoning vitse-prezidenti Muhammad Hassan ta’kidlashicha, O‘zbekiston BAA uchun muhim savdo hamkori bo‘lib, yuk tashishga bo‘lgan talab ortib bormoqda va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi kelgusida ham oshishiga ishoniladi.

Securex Uzbekistan 2019 – xavfsizlik, qo‘riqlash, yong‘inga qarshi kurash va boshqa tegishli sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarning uchrashuv maydoni. Namoyish etilayotgan texnologiyalar fuqarolik jamiyatini, sanoat ob’ektlarini himoyalashda hamda harbiy tahdidlar vaqtida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Securex Uzbekistan – kuch tuzilmalari va davlat organlari uchun xalqaro miqyosdagi muhim tadbir hisoblanadi.

Ko‘rgazmada Belarus, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston va Koreya Respublikasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi. Bu esa uni sanoatchilar va biznes vakillari uchun samarali muloqot maydoniga aylantiradi va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Debyutantlar: Motorola Solutions, Inc. (Rossiya) – telekommunikatsiyalar va uskunalar; “Pojtexnika” kompaniyalar guruhi (Rossiya) – har xil darajadagi ob’ektlar uchun yong‘in xavfsizligi tizimlari; MCHJ NPP “Magnito-Kontakt” (Rossiya) – yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash uskunalari; NPF “Poliservis” (Rossiya) – xavfsizlik tizimlari; Anhui Tsinglink Information Technology Co. Ltd (Xitoy) – 4G simsiz HD-terminallar va tarmoq echimlari.

Soha mutaxassislarini birlashtirgan ushbu ko‘rgazma uch kun davomida biznesni kengaytirish va aniq mijozlar bilan ishlash orqali bozordagi mavqeni mustahkamlash imkonini beradi.

Ko‘rgazmalar rasmiy ko‘magida:

• O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

• O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

• O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;

• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;

• O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi / Toshkent shahar IIBB;

• O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi;

• O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;

• O‘zbekiston Xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi;

• O‘zbekiston Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi;

• Bojxona brokerlari uyushmasi;

• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.

Tashkiliy ko‘mak: AJ “MKM “O‘zekspomarkaz”

Texnik hamkor: LED design

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling

Tel.: + (998 71) 205 18 18, Faks: + (998 71) 237 22 72

E-mail: guzal.artykova@iteca.uz

www.iteca.uz